Qo‘shimchalar va ularning turlari

O‘zakka qo‘shilib, turli ma’nolarni ifodalaydigan qism qo‘shimcha deyiladi: ishchi, bahola, olmazor, ishla, yozgi.

Qo‘shimchalar so‘z tarkibida qatnashmasligi ham mumkin, ular ayrim qo‘llanmaydi, doim o‘zakka qo‘shilib keladi. O‘zak va qo‘shimchalar so‘zning ma’noli qismlari (morfemalar)dir.

Qo‘shimchalar vazifasi va so‘zga qo‘shilib anglatadigan ma’nosiga ko‘ra uch turli bo‘ladi (ayrim darsliklarda qo‘shimchalar ikki turga bo‘linadi: so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar).

1. So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘zakka qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladigan qo‘shimchalardir: o‘t o‘tloq, arra arrala, kuch kuchli, hosil serhosil. So‘z yasovchi qo‘shimchalar unumli (-li, -la, -chi, ser-, -dosh, -kor) va unumsiz (-vul, -ag‘on, -chil, -in, -a) bo‘lishi mumkin.

2. So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar (ayrim darsliklarda “aloqa munosabat shakli qo‘shimchalari” deyiladi) gapda so‘zlarni bir-biriga bog‘laydigan qo‘shimchalardir. Bular 3 turli bo‘ladi: 1) Kelishik qo‘shimchalari: kitobni, uyga, daftarning. 2) Egalik qo‘shimchalari: maktabimiz, ukam, bog’i. 3) Shaxs-son qo‘shimchalari: yedik, bordim, kelding, yurasan.

3) Shakl yasovchi qo‘shimchalar (ayrim darsliklarda “lug‘aviy shakl qo‘shimchalari” deyiladi) o‘zakka qo‘shilib, ma’noni bir oz o‘zgartiradigan, qo‘shimcha ma’no orttiradigan, lekin yangi so‘z yasamaydigan qo‘shimchalardir. Bular so‘zlarni bir-biriga bog‘lash vazifasini bajarmaydi, balki ko‘plik (kitoblar), kichraytirish (uycha), erkalash (qizaloq), chegaralash (uygacha), kamlik (oqarinqiramoq), kuchaytirish (tepkilamoq, chayqa), gumon (kimdir), daraja (kattaroq) kabi ma’nolarni ifodalaydi.

O‘zbek tilida qo‘shimchalarning o‘zakka qo‘shilish tartibi, odatda, quyidagicha: Asos+so‘z yasovchi qo‘shimchalar+lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar+so‘z o‘zgartiruvchi (sintaktik shakl yasovchi) qo‘shimchalar: kitob+xon+lar+ning.

Qo‘shimchalar tuzilishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi:

Sodda qo‘shimchalar boshqa qo‘shimchalarga ajralmaydi: aqlli.

Murakkab qo‘shimchalar kamida ikkita qo‘shimchaning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi: dehqonchilik, odamgarchilik, yordamlash, otlan, uydagi, yuzlab, butunlay, ochiqchasiga, tortqila, xomligicha, tepkila, turtkila, yugurgilamoq, ezg‘ilamoq, akalarcha.

O‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishidan hosil bo‘lgan qism negiz deyiladi: paxtakorlarga, gulzorda, bilimlilar.

Shuni aytish kerakki, so‘zning morfemik tarkibi deganda uning o‘zak va qo‘shimchalardan iboratligi nazarda tutilsa, morfologik tarkibi deganda so‘zning negizi va shakl yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar nazarda tutiladi.


Manba: M.A.Hamroyev. “O‘zbek tilidan ma’ruzalar majmuasi”

13 comments to Qo‘shimchalar va ularning turlari

  • Arjumand

    Mazkur sahifani boyitishda “T sxema” usulidan foydalanish hamda jadval asosida ko`rsatib o`tish o`rinli (chet el dasturlaridek), odatda talaba o`rganish uchun qulay variantlarni izlaydi, so`z turkumlariga oid qo`shimchalarning aniq ko`rsatilishi o`rganishda qulaylik yaratadi.

  • admin

    Arjumand, “T sxema”si haqida hech eshitmagan ekanman. Ok, qo‘shimchalarni jadval ko‘rinishida kiritib qo‘yamiz.

  • Arjumand

    “T sxema” deganda mazkur mavzuning + (afzallik) va – (kamchiliklari) ko`rsatib o`tiladi. Aynan shu tarzda unumli va unumsiz qo‘shimchalarni ham berish mumkin. Aniq ko`rsatib o`tiladi va talaba o`rganishi va yodlashi uchun qulay.

  • Mahuba

    Qoidalar yahshi, lekin kitobda ham shunday berilgan. Arjumand aytganidek jadval shaklida bo`lganda undan ham tushinarliroq bo`larmidi?

  • Oybek

    Ona tilini yahshi bilsangiz shu so‘zni morfologik jihatdan tahlil qilib bering. Men kitobdan ham, shu saytdan ham topa olmadim.
    Chegarachilarimizdagilardanmisizlar
    Bu yerda ‘dagi’ qo‘shimchasi qanday nomlanadi?
    Oldindan rahmat.

  • muxlisa

    tushunarli emas, hamma mavzular yozilmagan, juda ham qisqa!!!

  • admin

    Oybek, afsuski, men ona tili qoidalarini mukammal bilmayman. Shuning uchun, xato maslahat berishdan qo‘rqaman. Menimcha, o‘zbek tili o‘qituvchisidan so‘raganingiz ma’qul.

    Muxlisa, to‘ldirishga harakat qilamiz. :)

  • Oltoy

    Ona tili haqida sayt ochib juda savobli ish qilibsizlar, bu sayt mutasadiy va mas’ullariga ming rahmat. Negadir maqolalarni to‘liq o‘qish imkoniyati berilmagan, iltimos matnlarni to‘liq qo‘ying.

  • admin

    Hurmatli Oltoy, maqolalarni to‘liq o‘qish uchun maqola sarlavhasini bosing.

  • muhiddin

    oybek -dagi q6wimchasi bu s6zda s6z yasovchi b6ladi. Endi q6wimchalarni aniq va oson ajiratiw uchun 3ta qoida bor bu bn siz bemalol har qanday q6wimchani ajirata olasiz bu quydagilar:

  • muhiddin

    1 yasalgan s6z va asosning s6z turkumlarini aniqlang agar ular farq qilsa bemalol s6z yasovchi q6wimchaga olaverasiz. Misol ishla s6zi asos ish ot s. t. ishla fe’l s. t. Demak -la s6z yasovchi qoshimcha ekan.

  • muhiddin

    2 asos va yasalgan s6zning soroq olmowlari ikki hil b6lsa. Baxt(nima) baxtli(qanday)

  • muhiddin

    3 wunday s6zlar bor yuqoridagi 2ta qoidaga b6ysunmaydi ularni qanday farqlaymiz? Quydagicha agar yasalgan s6zda asosning manosi saqlangan b6lsa misol guldon gul ham guldon s6zi ham ot s6z t.ga oid va nima degan s6roqqa javob b6ladi lekin guldonda asos gul ma’nosi saqlangan chunki unda faqat gul ekiladi sabzi yoki kartowka ekilmaydi demak -don s6z yasovchi q6wimcha

Leave a Reply

  

  

  

You can use these HTML tags

<a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>