1) Ko‘chirma gaplarni ajratib ko‘rsatish uchun: “Ertaga kelamiz”, – dedi.
2) Ko‘chma ma’nodagi, shartli nom yoki taxallus ma’nosidagi ayrim so‘z va so‘z birikmalari ham qo‘shtirnoqqa olinishi mumkin: “Tog’ asali” sotadigan yigit… dovonning nariyog‘iga o‘tib ketgan. (S.Ahm.)
Eslatma: Qo‘shtirnoqda olinishi kerak bo‘lgan so‘zlarda turlovchi (kelishik) qo‘shimchalar mavjud bo‘lsa, bu qo‘shimchalar qo‘shtirnoqdan keyin qo‘yiladi: Bularni ko‘rgan Aziz o‘zi haydab kelayotgan “Gaz-69″ yurishini tezlatib, yo‘lga chiqdi-da, “Jiguli” tomonga burildi. (H.G’.)
Manba: M.A.Hamroyev. “O’zbek tilidan ma’ruzalar majmuasi”