O‘zbekiston — Abdulla Oripov

Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,

Qiyosingni topmadim aslo.

Shoirlar bor, o‘z yurtin butun —

Olam aro atagan tanho.

Ular she’ri uchdi ko‘p yiroq,

Qanotida kumush diyori,

Bir o‘lka bor dunyoda, biroq

Bitilmagan dostondir bori:

Faqat ojiz qalamim manim,

O‘zbekiston, Vatanim manim.

. . . → Read More: O‘zbekiston — Abdulla Oripov

21-oktabr – o‘zbek tili kuni

Ming yillarkim, bulbul kalomi

O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.

Ammo sho‘rlik to‘tining holi

O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz

Bulbul kuyin she’rga solaman.

Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,

Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.

Abdulla Oripov

Tilla baliqcha – Abdulla Oripov

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni,

Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.

Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,

Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha,

Va mudroq tollarning achchiq xazoni.

Menga alam qilar, tilla baliqcha

Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni…